Futbol boʻyicha Rektor kubogi

Futbol boʻyicha Rektor kubogi

Toshkent moliya instituti oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasida sportning futbol turi bo‘yicha 2019-yilning 15-aprelidan 1-may sanasiga qadar “Rektor kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Mazkur musobaqada institutning professor-o‘qituvchilari hamda ishchi hodimlari faollik bilan ishtirok etdilar.

Kasaba uyushmasi va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbuslari ostida tashkil etilgan mazkur musobaqa qiziqarli va sermazmun tarzda tashkil etildi. Bir necha kun davom etgan musobaqada faxrli 1-o‘rinnni Rektorat jamoasi, 2-o‘rinni Bank ishi fakulteti jamoasi, 3-o‘rinni esa Hisob va audit fakulteti jamoasi qo‘lga kiritdilar.

Faxrli o‘rinni egallangan jamoalar institut Kasaba uyushmasi hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Huddi shunday “Rektor Kubogi” uchun fakultet talabalari o‘rtasida ham musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 7 fakultet jamoasi o‘zaro bellashdilar. Musobaqada faxrli 1-o‘rinni Menejment fakulteti, 2 o‘rinni Budjet hisobi va Davlat jamgarmalari fakulteti, 3 o‘rinni esa Sug‘urta fakulteti qo‘lga kiritdi.

1,2,3 o‘rinni egallangan jamoalar institut rahbariyatining diplom, ko‘chma kubok va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

17:44 / 2019-05-08
Success helper
Success warning